Saudiya Arabistoni hukumati mamlakat fuqarolarining xorijiy davlatlik qizlarga uylanish borasida bir qancha cheklovlar e’lon qildi. Bu haqda mahalliy “Makka” gazetasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Chad, Pokiston, Myanma va Bangladesh fuqarolariga uylanish taqiqlab qo‘yildi. Politsiya xodimlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mamlakat fuqarolari Saudiya Arabistonida yarim milliondan oshgan va o‘sishda davom etmoqda.
Bundan tashqari, chet ellik qizlarga uylanmoqchi bo‘lganlar 25 yoshdan katta bo‘lishi, agar u avval Saudiya Arabistoni fuqarosiga uylangan bo‘lsa, ikkinchi nikoh uchun jiddiy sabab bo‘lishi kerak. Kuyov, masalan, ayolining oqqon, Parkinson kasalliklari bilan og‘riyotgani yoki befarzand ekanini sabab qilib ko‘rsatishi mumkin.
Agar ayol kishi ajrashish uchun sudga murojaat qilsa, saudiyalik erkak nikoh bekor qilinganidan yarim yil o‘tibgina uylanishi mumkin.
Izoh (0)