Shu kunlarda Norvegiyaning Tromse shahrida 41-bor tashkil etilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi qizg‘in davom etmoqda. Musobaqalar doirasida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning Bosh Assambleyasida ushbu nufuzli tashkilot prezidentligi uchun saylov ham o‘tkaziladi. Ovoz berish jarayonida 181 nafar delegat ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining axborot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunga kelib, FIDE prezidentligi uchun 13-jahon chempioni Garri Kasparov hamda Xalqaro shaxmat federatsiyasining amaldagi rahbari Kirsan Ilyumjinov o‘z nomzodlarini ilgari surmoqda. Eslatib o‘tamiz, Kirsan Ilyumjinov 1995-yilning noyabr oyidan buyon FIDEga rahbarlik qilib kelmoqda.
Quyida, Xalqaro shaxmat federatsiyasining barcha prezidentlari ro‘yxati berilgan:1924—1949-yillar — Aleksandr Ryub (Golandiya)1949—1970-yillar —Folke Rogard (Shvetsiya)1970—1978-yillar — Maks Eyve (Gollandiya)1978—1982-yillar — Fridrik Olafsson (Islandiya)1982—1995-yillar — Florensio Kampomanes (Filippin)1995-yildan hozirga qadar — Kirsan Ilyumjinov (Rossiya)
Izoh (0)