Meksikalik 21 yoshli yigit to‘pponcha ushlagan holda selfiga tushayotgan vaqtida tasodifan o‘zini otib qo‘ydi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Otero Agyular voqea sodir bo‘lishidan avval Mexiko shahrining shimolida ikki do‘sti bilan spirtli ichimlik ichgan.
Agyularning qo‘shnisi Menfredoning so‘zlariga ko‘ra, u avval to‘pponcha ovozi, so‘ng kimningdir baqirganini eshitgan va politsiya chaqirgan. “Politsiya yetib kelganda, u hali ham tirik edi”, — deydi Menfredo.
Agyular to‘pponcha bilan selfiga tushishdan avval spirtli ichimliklar oldida va avtomobilda o‘tirib rasmga tushishga ulgurgan.
U voqea sodir bo‘lgan joyda halok bo‘ldi. Xalq xavfsizligi vazirligi yigitning o‘limini baxtsiz hodisa deb baholadi. Vazirlik vakiling aytishicha, selfi Facebook’ga joylanishi kerak bo‘lgan.
Agyularning do‘stlaridan biri hibsga olindi; ikkinchi do‘sti esa qochishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)