Londondagi Gatvik xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga Ebola nomli bezgak kasalligi yuqishi xavfi borligi e’lon qilindi. Aeroport ma’muriyati G‘arbiy Afrikadagi Syerra-Leone davlatidan uchib kelgan keksa ayolning nuqsonlari Ebola bezgagini yodga soluvchi kasallik tufayli vafot etganidan so‘ng shunday qarorga kelgan. Bu haqda BBC axborotiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
Samolyot shanba kuni Gvianadan ayni damda Ebola epidemiyasining markazlaridan biri hisoblangan Syerra-Leone orqali uchib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, 72 yoshli ayol immigratsiya nazoratidan o‘tayotganida vafot etgan. Shu reys bilan parvoz qilgan barcha yo‘lovchilar ajratib qo‘yilib, Afrikadan kelgan samolyot qurshab olindi.
The Sun gazetasida qayd etilishicha, vafot etgan ayol shifoxonaga yetkazilib, uning qoni tarkibida Ebola virusi bor-yo‘qligini aniqlash uchun tahlil qilindi va u salbiy natijani ko‘rsatdi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi kunlarda bergan ma’lumotiga ko‘ra, yangi Ebola bezgagi epidemiyasi natijasida G‘arbiy Afrikada 826 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)