“Levante” posboni Keylor Navas Madridning “Real” klubi safiga o‘tdi. “Qirollik klubi” bilan kostarikalik futbolchi olti yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Darvozabonning rasmiy taqdimot marosimi seshanba kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘ladi.
Bu mavsumda Keylor Navas “Levante” safida primerada 37 uchrashuvda maydonga tushgan, ulardan 17 tasida Keylor darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Qolgan uchrashuvlarda u 39 ta gol o‘tkazib yuborgan.
JCh — 2014 musobaqasi doirasida, Kosta-Rika termasi safida 27 yoshli darvozabon beshta uchrashuvda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i ikkita gol o‘tkazib yubordi. Kosta-Rika chorak finalgacha yetib borib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Ular Gollandiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.
Izoh (0)