OFK joriy yilning 9—23-oktabr kunlari Myanmada bo‘lib o‘tadigan U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati o‘yinlari boshlanish vaqti va sanasini tasdiqladi. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi.
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 9—23-oktabr kunlari Myanmada o‘tkaziladigan U-19 OCh final bosqichi guruh o‘yinlarini Yangon shahridagi stadionda o‘tkazadi. Musobaqaning “V” guruhidan joy olgan O‘zbekiston U-19 yoshlari ilk turda 10-oktabr kuni Indoneziyaga qarshi o‘ynasa, 2-tur o‘yinida BAA, 3-tur o‘yinida esa Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.
U-19 Osiyo Chempionati (Myanma. 9-23 oktabr. “V” guruhi)
1-tur. 10-oktabr
O‘zbekiston — Indoneziya (soat 14:00)Avstraliya — BAA
2-tur. 12-oktabr
BAA — O‘zbekiston (soat 17:00)Indoneziya — Avstraliya
3-tur. 14-oktabr
O‘zbekiston — Avstraliya (17:00)BAA — Indoneziya
O‘yinlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Izoh (0)