Ayni paytda AQSh davlat departamenti konsullik ishlari byurosining pasport va vizalar tizimida texnik muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Mazkur muammo butun dunyo bo‘ylab kuzatilib, ayni bir davlat yoki fuqarolik hujjati yoxud viza toifasiga taalluqli emas. Mazkur muammo tufayli o‘z pasportlarini, chet elda tug‘ilganlik haqidagi konsullik hisobotini yoki vizalarini o‘z vaqtida ola olmayotgan murojaat etuvchilardan uzr so‘raymiz. Hozirda vujudga kelgan muammoni hal qilish ustida ish olib bormoqdamiz va tizim tez orada qayta ish holatiga qaytishini kutmoqdamiz”, — deyiladi xabarda.
“Konsullik bo‘limi vizangiz tayyorligi haqida xabardor qilish uchun siz bilan DS-160 anketangizda ko‘rsatilgan telefon raqamingiz yoki elektron pochta manzilingiz orqali bog‘lanadi. Afsuski, shu texnik muammo tufayli vizalarni chop etish jarayonini tezlashtirishimizning mutlaqo imkoni yo‘q va vizalar tayyor bo‘lish sanasi haqida ma’lumot bera olmaymiz. Sabringiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz”, — deya ta’kidlanadi xabarda.
Izoh (0)