O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA laynsmeni Abduhamidillo Rasulovlar shu yilning 9—23-oktabr kunlari Myanmada bo‘lib o‘tadigan U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati bahslarida hakamlik qiladi. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi oktabr oyida Myanma mamlakati mezbonlik qiladigan U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichi bahslarida ishlaydigan hakamlarni tasdiqladi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov mazkur musobaqa o‘yinlarini boshqarib boradigan hakamlar qatoridan joy oldi. Ermatovga musobaqa davomida qanotda o‘zbekistonlik FIFA laynsmeni Abduhamiddilo Rasulov yordam beradi; ikkinchi laynsmen nomini esa OFK musobaqa arafasida tasdiqlaydi.
Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqada o‘zbekistonlik yana bir hakam — OFK nazoratchisi Farhod Abdullayev ham ishtirok etadi. Farhod Abdullayev Osiyo Chempionatida nazoratchi hakam vazifasini bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, Myanmadagi Osiyo Chempionati bahslarida Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Izoh (0)