Ertaga, 1-avgust kuni soat 8:30 dan 13:30 gacha Beeline abonentlari SMS, MMS va GPRS (mobil internet)dan foydalana olmaydi. Bu haqda Beeline aloqa operatorining rasmiy saytidagi ma’lumotga asoslanib Gazeta.uz nashri xabar berdi.
Beeline aloqa operatorining izoh berishicha, bu vaqt oralig‘ida profilaktika ishlari olib boriladi. Boshqa aloqa operatorlari vaqtincha faoliyat to‘xtatilishi haqida o‘z saytlarida ma’lumot bergani yo‘q.
Ucell rasmiy saytida ta’kidlanishicha, kompaniya 1-avgust soat 08:30 dan 13:30 gacha qo‘shimcha xizmatlar (SMS, MMS, WAP, GPRS) faoliyatini cheklaydi.
Qayd etish joiz, har ikkala operator profilaktika ovozli qo‘ng‘iroqlarga ta’sir ko‘rsatmaslig haqida xabar bergan.
Xabarda ta’kidlanishicha, aloqa operatorlari yilda bir marta, O‘zbekiston OTM imtihonlari paytida qo‘ng‘iroqlardan tashqari barcha mobil xizmatlarni o‘chirib qo‘yadi.
Izoh (0)