O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovga bag‘ishlab she’r yozdi. She’r matni “Xalq so‘zi” gazetasining 29 -iyul, seshanba sonida e’lon qilindi. Bu haqda “Kun” xabar berdi.
To‘rt banddan iborat qasidada shoir o‘zbekistonliklarning Qaffol Shoshiy, Zamaxshariy kabi ajdodlari ham jahonda hakamlik, ustozlik qilgani, hozirgi kunda esa “futbol qiroliman” degan yulduzlar Ermatovning “bitta hushtagiga qarab turgani” haqida so‘z boradi.
She’rning to‘rtinchi bandida kelgan “Ota” so‘zining barcha harflari katta harflar bilan yozilgan. She’rning to‘liq ko‘rinishi bilan quyida tanishish mumkin:
Tartib va qoida shartdir har ishda,Kim g‘irromlik qilar, kimdir shoshilar.Dunyoning yarmini aylab sarishtaHakamlik qilganlar Qaffol Shoshiylar.
O‘ziga qaratib olam elini,Hukmini o‘tkazib, joyi-joyida,Arabga o‘rgatgan arab tiliniZamaxshariy bobo tuzgan qoida!
Teran tomirlarga tutash ildizlar,Noming elda doston bo‘lib yuribdi.Futbol qiroliman, degan yulduzlarBitta hushtagingga qarab turibdi.
Istiqlol farzandi tushsa maydonga,OTA o‘g‘illigi bilinib turgay.Halollik bongini urib jahonga,Adolat hushtagi chalinib turgay!
Iqbol MIRZO,O‘zbekiston xalq shoiri.
Izoh (0)