Microsoft kompaniyasi o‘tgan uch oy davomida erishgan yutuqlarini e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Microsoft kompaniyasi o‘tgan uch oy davomida 23,38 milliard va 12 oy davomida 86,8 milliard dollar daromad ko‘rgan. Shuningdek, kompaniyaning ko‘rgan foydasi o‘tgan uch oyda 6,5 milliard va 12 oyda 27,8 milliard dollarni tashkil etgan.
Microsoft o‘zi egalik qilayotgan Nokia qurilmalari va xizmatlaridan oxirgi uch oyda 2 milliard dollar daromad va taxminan 690 million dollar zarar ko‘rgan.
20-may kuni taqdim etilgan Surface Pro 3 plansheti esa 409 million dollar daromad keltirgan.
Shuningdek, kompaniya o‘tgan uch oy davomida 5,8 million dona Lumia smartfonlari va 30,3 million dona Lumia bo‘lmagan Nokia qurilmalarini sotgan.
Izoh (0)