Twitter mikrobloglar tarmog‘ida ishlaydiganlarning o‘ziga xos statistikani e’lon qildi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Statistikaga ko‘ra, Twitter’da ishlaydiganlarning 70 foizini erkaklar tashkil etadi. Xodimlarning 59 foizi yevropalik (oq tanli) bo‘lsa, 29 foiz ishchi osiyolikdir.
Shuningdek, Twitter’da yuqori lavozimlarda ishlaydiganlarning 72 foizi yevropalik. Twitter’ning yuqori lavozimlarida ishlaydigan kishilarning 21 foizini ayollar tashkil etadi.
Kompaniyaning texnik bo‘limida ishlaydiganlarning 10 foizini ayollar tashkil etadi. Texnikaga oid bo‘lmagan bo‘limlarda esa har ikki jins vakillari soni teng miqdorda.
Izoh (0)