BMTning yangi Inson taraqqiyoti ko‘rsatkichi e’lon qilindi. Unda Norvegiya dunyodagi eng muvaffaqiyatli mamlakat deb topildi. Bu haqda “Anhor” xabar berdi.
Kuchli beshlikdan Avstraliya, Shveysariya, Gollandiya va AQSh ham joy oldi. O‘zbekiston o‘rtacha ko‘rsatkich bilan 116-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qozog‘iston 70-pog‘onani, Turkmaniston 103, Qirg‘iziston 125 va Tojikiston 133-o‘rinni zabt etdi.
Ma’lumot uchun, Inson taraqqiyoti ko‘rsatkichi BMTning Rivojlanish dasturi tomonidan tuziladigan reyting bo‘lib, u ba’zan “yashash darajasi”ning sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Davlatlarning ro‘yxatdagi o‘rni uch yo‘nalish — o‘rtacha yashash, savodxonlik darajalari va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
Izoh (0)