O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istominning AQShda o‘tkazilayotgan turnirdagi ishtiroki yana muddatidan avval yakunlandi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.
Notekis o‘yin namoyish etayotgan Denis Istomin turnirning ikkinchi davrasida dunyoning 91-raketkasiga yutqazib qo‘ydi.
Atlanta shahrida o‘tkazilgan bahsda Denis slovakiyalik Lukash Latskoga qarshi kortga chiqdi. Ilk setni 7:5 hisobida yutib olgan o‘zbekistonlik tennischi ikkinchisida raqibiga umuman qarshilik ko‘rsatmadi — 1:6. Hal qiluvchi uchinchi setda Latskoda g‘alabaga bo‘lgan ishonch kuchlilik qildi.
6:4 hisobida zafar quchgan Lukash uch set natijasiga ko‘ra, chorak finalga yo‘llanma oldi.
Izoh (0)