AQSh armiyasi 2016-yil so‘ngida Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng, mamlakatda jami besh milliard dollarga baholangan qurollar va harbiy texnikaning qolishi kutilmoqda. Bu haqda AQSh armiyasini moddiy ta’minlash qo’mondonligi rahbari general Dennis Vianing so‘zlariga tayanib, Jane’s xabar berdi.
Afg‘onistondagi AQSh armiyasining harbiy texnikasi qiymati jami 15 milliard dollarga teng. Generalning aytishicha, harbiylar hozirda qurol va texnikalarni uch toifaga ajratish bilan band.
Xususan, birinchi guruhga AQShga qaytariladigan yuqori texnologiyalar qo‘llanilgan harbiy texnika kiradi. Ikkinchi turga Afg‘oniston hududida ma’lum bir vazifalarni amalga oshirish uchungina qisqa muddat ichida tayyorlangan va hozirda yo‘q qilinishi zarur bo‘lgan texnika kiradi. Uchinchi toifa texnikalari foydalanilgan bo‘lib, ularni AQShga qaytarish ortiqcha xarajat talab qiladi.
Harbiylar foydalanilgan ortiqcha texnikani sotishga harakat qilmoqchi, agar buning ilojisi bo‘lmasa, ular Afg‘onistonda qoldiriladi.
O‘limga olib borish bilan xavf solmaydigan qurollar qoldirilishi yoki xohlovchi davlatlarga sotilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 2013-yilning dekabr oyida AQSh armiyasi harbiy texnikani sotib yuborishi haqida xabar tarqalgan. Xususan, auksionga kamida 2000 ta MRAP turidagi minalardan himoyalangan bronemashina qo‘yilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvarida amerikalik harbiylar 7456 ta MRAP turidagi bronemashinani sotmoqchi ekanini aniqlashtirdi.
Izoh (0)