Amerikaning Illinoys shtati Kollinsvill shahridagi ketchup idishi ko‘rinishidagi suv minorasining egalari uni sotishga qaror qildi. Bu haqda The Belleville News-Democrat nashri xabar berdi.
Sousning dunyodagi eng katta idishi hisoblanadigan mazkur minora va uning yaqinidagi omborga egalik qilayotgan Bethel-Eckert kompaniyasi endi bu binolarning ularga kerak emasligini ma’lum qildi. Ikki bino 500 ming dollarga sotilmoqda.
Ketchup idishi ko‘rinishidagi suv bosimini hosil qiladigan minora 1949-yil qurilgan bo‘lib, balandligi 170 metrni tashkil etadi. U avvaliga yong‘inga qarshi xavfsizlikni ta’minlash hamda Brooks Catsup Co zavodida ketchup ishlab chiqarish uchun foydalanilgan.
1995-yilda amalga oshirilgan qayta tiklash ishlariga qadar bino xaroba holida bo‘lgan. Tiklangach, uni ko‘rish uchun har yili minglab sayohatchilar tashrif buyurgan. Keyinchalik u tarixiy joylar milliy ro‘yxatidan ham joy olgan.
Izoh (0)