Beeline aloqa operatori o‘tgan yarim yillik davomida mijozlar bilan ishlash xizmati natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra 2014-yilning birinchi yarim yilligida mijozlar tomonidan Beeline Call-markaziga 28 million martadan ko‘proq qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan. Bundan 6 millioniga operatorlar tomonidan javob berilgan.
Call-markaziga asosan to‘lov turlari, internet paketlari, mobil internet sozlamalari, qo‘shimcha xizmatlar, USSD kodlari va tarif rejalari yuzasidan qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Call-markazining bepul 0611 raqamidan tashqari abonentlar 0612 tijorat liniyasidan, shuningdek, “Online maslahatchi” chatidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, “Status” mijozlari uchun 24 soat davomida 0777 maxsus kanali xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)