Gollandiyada 23-iyulni Ukrainadagi aviahalokatda halok bo‘lganlar xotirasi uchun motam kuni deb e’lon qilish haqidagi qaror mamlakat Bosh vaziri tomonidan imzolandi. Bu haqda “Vesti” xabar berdi.
“Rossiya 24” telekanalining ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlarning murdalari joylangan ilk samolyotning Eyndxoven shahriga qo‘nishi kutilmoqda. Asosiy motam marosimi ham shu shaharda o‘tkaziladi. Marosimda Gollandiya qiroli va qirolichasi, bosh vazir, halokatga uchragan samolyot bortida fuqarolari bo‘lgan mamlakat vakillari ishtirok etadi.
Aniqlanishicha, MH-17 reysining asosiy qismi — 193 nafar yo‘lovchi gollandiyalik bo‘lgan.
Izoh (0)