22-iyul, seshanba kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar vazirlari uchrashib, Rossiyaga qarshi yangi sanksiya kiritish masalasini muhokama qilishlari kutilmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Uchinchi darajali sanksiyalar sanoat korxonalariga yo‘naltirilib, energetika va bank sohasi kompaniyalarining barchasi sanksiyalar ta’siriga uchrashi mumkin.
Avval xabar berilganidek, Ukrainadagi aviahalokatdan bir kun avval AQSh Rossiyaga yangi sanksiyalar joriy qilgan edi. “Qora ro‘yxat”ga Rossiyaning eng katta neft konserni — “Rosneft”, eng katta gaz ishlab chiqaruvchilardan biri “Novatek” kabilar kiritilgan.
Izoh (0)