“Muloqot” saytlar tarmog‘i texnologiya yangiliklarini yoritib boruvchi “Parol” internet-nashrini ishga tushirdi. Nashrning “Yangiliklar”, “Ixtirolar”, “Narxlar”, “Tavsif” va “Foto” kabi ruknlari mavjud.
“Texnologiyalar olami paroli” shiori ostida ishlayotgan internet-nashr 17-iyul kuni ishga tushdi. U bugungi kunda hayotimizning katta qismiga aylanib ulgurgan va jadallik bilan rivojlanayotgan texnologiya yangiliklarini sodda va barcha uchun birdek tushunarli tilda yoritib borishni maqsad qilgan.
“Parol” nashri o‘zbek tilida, lotin yozuvida yuritiladi. Tez orada xabarlarni ham lotin, ham kirill yozuvida o‘qish imkoniyati yaratiladi. Sayt logotipidagi nuqatachalar hammamizga tanish bo‘lgan parol belgisini anglatadi.
“Parol” nashri “Muloqot” saytlar tarmog‘i doirasida ishga tushirilgan bo‘lib, uning xabarlariga “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘iga a’zo bo‘lganlar fikr qoldira oladi.
Eslatib o‘tamiz, “Muloqot” saytlar tarmog‘iga “Daryo” internet-nashridan tashqari “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i, “Intervyu”, “Muloqot ob-havo” saytlari, “Chorsu” fotoblogi, huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyevning shaxsiy sayti, qiziqarli faktlar haqida so‘z yurituvchi “Turfa olam”, ingliz tilini o‘rganishda ko‘maklashuvchi English Club Pro, “Doim onlayn”, “Voqea” blogi va boshqa saytlar kiradi.
Izoh (0)