Lava Mae xayriya tashkiloti San-Fransiskoda yashaydigan 6400 nafar uysizlar uchun avtobusda bepul hammom yaratish loyihasini e’lon qildi. Bu haqda Mashable nashri ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Loyiha xarajatlarining katta qismi Google kompaniyasining 100 000 dollar granti asosida qoplandi. Tashkilot 75 000 dollarga avtobus sotib oldi va uni ikkita dush bilan jihozladi.
Bu loyiha uysiz, umidsiz aholi o‘zlarini tiklab olishi uchun imkon beradi. O‘z holatini yaxshilashni istaydigan, lekin ko‘chada yashab, kir-iflos yuradigan insonlarni hech kim ish uchun suhbatdan o‘tkazishni, unga yashash joyi berishni istamaydi va u insoniylik tuyg‘usidan uzilib qoladi, deydi Lava Mae asoschisi Doniese Sandoval.
Izoh (0)