Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Avstriyaning Xirt shahridagi ruhiy kasallar shifoxonasida hisobda turuvchi 28 yoshli yigit motoplanerni olib qochdi. Unda qochoq Karintiya yeri poytaxti Klagenfurt tomonga qarab uchgan. Mahalliy aeroport dispetcherlari uchuvchi qurilma piloti ularning signallariga e’tibor qilmay oldinga qarab harakatlanganidan vahimaga tushishdi, deya xabar berdi Vesti.ru.

Foto: “ITAR-TASS”

Foto: “ITAR-TASS”

Ismi oshkor qilinmayotgan yigit Xirt aeroportidan hech qanday ruxsatga ega bo‘lmay turib, 10—15 metr balandlikda poytaxt tomon uchgan. Halokatning oldini olish uchun Klagenfurt aeroporti xodimlari politsiya vertolyotini chaqirgan.

Politsiya motoplaner uchuvchisining nigohi bir nuqtaga qadalgani, u tashqi ta’sirlarga e’tibor bermayotganini sezgan. Klagenfurt ustida biroz aylangach, bemor uchishdan bezor bo‘lib, Xirtga qaytib ketgan. U yerda uni politsiya xodimlari kutib olgan.

28 yoshli avstriyalik shifoxonaga yetkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, u parvozdan bir necha soat avval u yerdan qochib ketgan. Yigitning planerni boshqarish bo‘yicha litsenziyasi borligi aniqlangan, biroq u aerodromdan tashqariga uchish huquqiga ega bo‘lmagan.

Yigit shifoxonaga nima uchun tushgani va u yerdan qanday qochib ketgani oshkor qilinmayapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi