Qozog‘istonda yakkakurash sport turlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 20 dan ziyod davlatdan uch ming nafarga yaqin sportchi milliy yakkakurash sport turlarini namoyish etdi, deb xabar berdi “Olam Sport” nashri.
Olma-Ota shahridagi jahon chempionatida o‘zbek jang san’ati ustalari ham yakkalik va juftlik bahslarida munosib ishtirok etdi.
Musobaqada Jonibek Abdurahmonov, Hasan Do‘stboyev, Doston Sattorov, Aslibek Sheraliyev, Sherzod Qurbonov, Jamil Yusupov, Shahboz O‘ktamov, Davron Soliyev, Jasurbek Xolmurodov, Hojiakbar Abdurahmonov, Aziz Abduraimov, Shahzod Abdurazzoqov, Mohigul Yo‘ldosheva, Gulruh Sultonova kabi sportchilar O‘zbekiston sharafini himoya qildi.
Nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar yakkalik, jamoaviy bahslar va ko‘rgazmali chiqish bo‘yicha 27 ta oltin, sakkizta kumush va oltita bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)