16-iyul kuni Xitoyning shimoli-sharqidagi Suyfenxe shahrida xitoylik va rossiyalik oshpazlar tayyorlagan 112,374 metrlik kabob Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ushbu taomni tayyorlashda 70 nafar pazanda qatnashdi. Kabobni pishirish uchun 6 soat vaqt va 300 kilogrammdan ortiq go‘sht talab qilindi. Yuzlab xitoylik va xorijiy sayyohlar taomni tatib ko‘rishda ishtirok etdi.
Bundan avvalgi rekord 2011-yilda Yaponiyada qayd etilgan edi. O‘shanda 107,6 metr uzunlikdagi kabob tayyorlangan.
Tadbir Rossiya—Xitoy sayyohlik festivali doirasida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)