Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasidan iborat BRIKS (BRICS — Brazil, Russia, India, China, South Africa) davlatlari Yangi taraqqiyot bankini tuzmoqchi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Tashkilot yetakchilari Braziliyada bo‘lib o‘tgan sammit yakunida shunday qarorga kelishgan. Shu bilan birga, BRIKS davlatlari shartli valyuta zaxiralari “pul”ini yaratishga kelishilgan.
Yangi taraqqiyot bankining kapitali 100 milliard dollarga teng bo‘lib, bank tashkilot davlatlari milliy iqtisodiyotini moliyaviy bozorlardagi tanglikdan himoya qilish uchun tuziladi.
Izoh (0)