Microsoft kompaniyasi Nokia mobil bo‘linmasining integratsiyalashuvi munosabati bilan ish o‘rinlarini qisqartiradi. Bu so‘nggi besh yil ichida eng keng miqyosdagi qisqarish bo‘ladi, deya xabar berdi Vedomosti.ru.
Ma’lum bo‘lishicha, yil davomida Microsoft 18 mingta ish o‘rnini qisqartiradi, bu kompaniya xodimlarining 14 foizi demakdir. Bundan avval 2009-yilda shu paytgacha rekord darajadagi — 5800 nafar xodim ishdan bo‘shatilgan edi.
2014-yil 5-iyun holatiga ko‘ra, kompaniya shtatida 127 704 nafar xodim, jumladan Nokia bo‘linmasining 30 ming nafar ishchisi bo‘lgan.
Izoh (0)