Facebook’ning yangi Buy tugmasi yangiliklar lentasi hamda sahifalarda savdo ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda The Verge nashri ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Bu funksiya yordamida sahifa hamda yangiliklar lentasida ko‘ringan mahsulotlarni sotib olish mumkin. Funksiya kompyuter va mobil qurilmalarda birdek ishlaydi.
Mahsulotni sotib olish uchun reklama banneri yoki sahifa postidagi Buy – “sotib olish” tugmasini bosish kerak bo‘ladi. Bu bilan Facebook’dan boshqa saytga o‘tmasdan turib haridni amalga oshirish mumkin.
Sotish va sotib olish havfsizligi yuqori darajada ta’minlanadi. Hozirda yangi Buy tugmasi AQShning bir qancha kichik va o‘rta hajmdagi biznes vakillari bilan sinovdan o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)