Haydovchisiz harakatlana oladigan avtomobillar barchani birdek qiziqtirib kelayotgan edi. Masalan Yaponiyada Nissan elektrokarining taqdimoti bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, Google’ning o‘z-o‘zini boshqaradigan avtomobillari shaharda yurishni o‘rgangan.
Ammo AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) haydovchisiz harakatlanadigan avtomobillar havfli ekanligini ta’kidlamoqda. Bu haqda The Guardian’ga asoslanib The Verge nashri xabar berdi.
FQB’ning fikriga ko‘ra, haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar ichiga portlovchi moddalarni joylashtirib, ma’lum joyga borishni buyurish va o‘sha yerda qo‘poruvchilik ishini amalaga oshirish mumkin.
Xabarda ta’kidlanishicha, haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar mobil texnologiyalarni rivojlantiradi, lekin u bugungi kunning halokatli quroliga aylanishi mumkin.
Izoh (0)