25-iyul kuni poytaxtning Sirg‘ali tumanida yangi avtomobillarni yuvish shoxobchasi ochiladi, deb yozadi Afisha.uz.
“Avtomobilingiz uchun kurort” deya atalgan ushbu muassasa o‘zining yorqin ranglari, noodatiy bezaklari va jihozlari bilan beixtiyor e’tiborni tortadi. Xabarga ilova qilingan suratlarda “avtomoyka” robotlar, poyga avtomobillari bilan jihozlanganini ko‘rish mumkin.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, mashina yuvilayotgan paytida uning egasi “avtomoyka”dagi kafe, mini-market va boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)