Facebook foydalanuvchilaridan biri ijtimoiy tarmoqdagi “Voditeli Tashkenta” (“Toshkent haydovchilari”) guruhiga “Zaporojets”dan yasalgan kabriolet suratini joyladi.
“Avtomobil ustasi bo‘lgan qo‘shnim o‘z o‘g‘illari uchun arzonginaga “Zaporojets” sotib oldi, — deb yozadi post muallifi. — Endi uni kabrioletga aylantirish bilan ovora”.
Ma’lum bo‘lishicha, avtomobilsoz bolalarining o‘z sovg‘asidan faxrlanishini istagan. Ayni paytda mashinaning tomi, yon va orqa oynalari hamda romlari olib tashlangan. Faqat old oynaning borligi eski avtomobilga kabriolet ko‘rinishini berib turibdi.
Foydalanuvchi modernizatsiya jarayoni davom etayotganini qo‘shimcha qilgan. “Mashina yanada zamonaviylashadi, hozircha uning ko‘rinishi mana shunday”, — deya suratga izoh bergan.
Rasmga qoldirilgan fikrlarda foydalanuvchilar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari avtomobillarning bunday ko‘rinishda qayta ishlanishiga yo‘q qo‘ymasligini bildirdi.
Rasm muallifi ularga javoban mashinani faqat mahalla ichida haydashayotgani, asosiy ko‘chaga chiqishmayotganini aytdi.
Izoh (0)