AQSh Davlat departamenti Isroilga “havo-havo” turidagi AIM-9X-2 Sidewinder raketalari, zaruriy qo‘shimcha qism va uskunalarni sotish va 544 million dollar miqdorida yordam ko‘rsatish haqidagi fikrni ma’qulladi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining mudofaa bo‘yicha hamkorlik va xavfsizlik agentligi axborot xizmatiga asoslanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
Qurollarni sotish haqidagi bildirishnoma joriy yilning 14-iyul kuni AQSh Kongressiga yo‘llangan.
Avvalroq Isroil hukumati “havo — havo” turidagi 600 ta AIM-9X-2 “2-blok” (Block II) AUR (All-Up Round Missiles) raketalari, 50 ta CATM-9X-2 (Captive Air Training Missiles) o‘quv raketalari va uning DATM belgili to‘rtta nusxasi, raketalarni saqlash va tekshirish uskunalari, qo‘shimcha qismlar, shaxsiy tarkib o‘quv jihozlari, AQSh hukumat idoralarining logistik ko‘magi, texnik hujjatlar singari bir qancha xizmat ko‘rsatilishini so‘rab, AQShga murojaat qilgan.
Axborot xizmatining ta’kidlashicha, AQSh Isroilning mudofaa imkoniyatlari kengayishi uchun yordam beradi. Rejalashtirilgan raketalar savdo-sotig‘i Isroil harbiy havo kuchlari mustahkamlanishi va AQSh havo kuchlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasining oshishiga yordam beradi. Biroq bu xizmatning mintaqadagi qurolli kuchlar muvozanatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi haqida aytib o‘tildi.
Qurol-aslahani yetkazib berishda Arizona shtatidagi Raytheon Missile Systems Company asosiy pudratchi kompaniya bo‘lib xizmat qiladi.
Izoh (0)