Beats kompaniyasining asoschisi va xonanda Dr. Dre yaqinda yakunlangan Jahon chempionatida Germaniyaning g‘alabasidan xursand. Shu bois, u Germaniya futbolchilarini g‘alaba bilan tabriklab, sovg‘a sifatida 24 karat oltin sarflangan maxsus quloqchinlarni yuboradi. Bu haqda 360nobs.com sayti xabar berdi.
Bu quloqchinlar reklamasida mashhur model Naomi Kempbel suratga tushgan va bu haqda o‘zining Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirgan.
Shuningdek, Beats ham Facebook’dagi sahifasiga “Mario Gyotse uchun oltin yakun, Bastian Shvaynshtaygerga hurmat” deya oltindan qilingan quloqchin suratini yuklagan.
Izoh (0)