Braziliyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha 2014-yilgi Jahon chempionati Germaniya g‘alabasi bilan o‘z nihoyasiga yetdi. Mail.Ru saytining texnologiyalar bo‘limi xodimlarini esa final bahsi va taqdirlash marosimi davomida futbolchilar hamda muxlislar qanday gadjetlardan foydalangani qiziqtirdi.
Germaniya terma jamoasi a’zolari, ularning xotinlari va sevgan qizlarining barchasi Apple smartfonlaridan foydalanishi stadion hamda kiyinish xonasida olingan suratlardan yaqqol bilinadi.
Stadiondagi muxlislarning ko‘pchilik qismi ham iPhone yordamida suratga olgan. Faqatgina Germaniyaga muxlislik qilayotgan bir qizning qo‘lida Samsung Galaxy Note 3’ni ko‘rish mumkin.
Siz nima deb o‘ylaysiz, bir oy davom etgan Jahon chempionati bahslarida qaysi gadjetlardan foydalanayotgan muxlislarni ko‘proq uchratdingiz?
Izoh (0)