Suv ostida ham surat olishni istaydiganlar ko‘p. Shu bois Thanko kompaniyasi 100 metr suv ostida bo‘lganda ham iPhone’ni quruq va ishlay olishini ta’minlaydigan g‘ilof ishlab chiqardi. Bu haqda Gizmodo xabar berdi.
Alyuminga ishlov berib yasalgan bu g‘ilofning narxi 300 dollarga teng. Unda iPhone kamerasini ishlatayotgan paytda ham displeyni ko‘rib turish mumkin. G‘ilof orqali smartfon ekranini qulfdan ochib bo‘lmaydi, shuning uchun apparat qulflanib qolish funksiyasini o‘chirib, suvga sho‘ng‘ish tavsiya etiladi.
Shuningdek, g‘ilof ichidagi sensorli ekran orqali smartfonni boshqarib bo‘lmaydi. Unda faqatgina suratga olish uchun alohida g‘ilof tugmalari mavjud.
Izoh (0)