Buyuk Britaniyaning The Guardian gazetasi nima uchun Ravshan Ermatov final uchrashuviga tayinlanmagani sababini aytdi.
“Ravshan Ermatov Yevropa va Janubiy Amerikadan bo‘lmaganligi uchun finalni boshqarishga asosiy da’vogarlardan biri edi. Ammo, Ermatov doim u bilan ishlaydigan yordamchilarga ega emas”, — deyiladi gazetada.
Ma’lumot uchun, to‘rt yil avval JAR maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Ravshan Ermatovga qanotlarda Rafael Ilyasov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorovlar yordam bergan edi. Bu yilgi musobaqada esa Rafael Ilyasov o‘rniga Abduhamidillo Rasulov ishladi.
Tuzatish (13-iyul, 14:38). Xabarning avvalgi talqinida nima uchun Ravshan Ermatov final uchrashuviga tayinlanmagani sababini FIFA hakamlar qo‘mitasi raisi Massimo Buzakka Rio-De-Janeyroda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytgani yozilgan edi. Ravshan Ermatov haqidagi gapni Massimo Buzakka emas, balki The Guardian gazetasi muxbiri aytgani ma’lum bo‘ldi. Shu sababli xabarga o‘zgartirish kiritildi.
Tushunmovchilik uchun mushtariylarimizdan uzr so‘raymiz.
Izoh (0)