O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Twitter mikrobloglar servisida uni qo‘llab-quvvatlagan foydalanuvchilarga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Std.uz internet-nashri bosh muharriri Olimxo‘ja Bo‘ronov o‘z tvitterida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kun”.
Olimxo‘ja Bo‘ronovning yozishicha, Ravshan Ermatov o‘tkazilgan aksiya borasida shunday degan: “Tvitterni yaxshi tushunmasam ham, barchaga e’tibor va qo‘llab-quvvatlash [uchun] rahmat!”.
Twitter mikrobloglar xizmatining o‘zbekistonlik foydalanuvchilari 11-iyul, juma kuni FIFA referisi Ravshan Ermatovni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan #IrmatovBest heshtegini jahon trendiga olib chiqishdi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov Braziliyada yakuniga yetayotgan futbol bo‘yicha JCh — 2014 final uchrashuvini boshqarish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. FIFA Germaniya va Argentina o‘rtasidagi final o‘yini hakami nomini 12-iyulga o‘tar kechasi e’lon qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)