Ramazon oyida imom-xatiblar tashabbusi bilan masjidlar va saxovatpesha insonlar ko‘magida aholining moddiy yordamga muhtoj qatlamlari, boquvchisini yo‘qotgan kishilar va yolg‘iz keksalar holidan xabar olinmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rasmiy sayti.
Shu kungacha “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Saxovat” uylariga 11 million 494 ming so‘mlik, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylariga 2 million 335 ming so‘mlik, aholining moddiy yordamga muhtoj qatlamlariga 46 million 282 ming so‘mlik va jami 60 million 111 ming so‘mlik xayriya uyushtirildi.
Izoh (0)