Bugun, 10-iyul kuni, respublikadagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazildi. Bu haqda Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z blogida xabar beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga asosan, oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari har yili 10-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
An’anadan chetlashmagan holda, bugun ham quyidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlari o‘tkazildi:
Mudofaa vazirligi tizimida:Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti;Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti;Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi maxsus fakultet.
Ichki ishlar vazirligi tizimida:Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi;Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti;Toshkent yongin xavfsizligi oliy texnika maktabi.
Milliy xavfsizlik xizmati tizimida:Milliy xavfsizlik xizmati instituti.
Davlat bojxona qo‘mitasi tizimida:Oliy harbiy bojxona instituti.
Nizomga ko‘ra, oliy harbiy ta’lim muassasalarida test natijalari 15-iyul kuni e’lon qilinadi. Shunda test sinovlaridan qoniqarli natija ko‘rsata olmagan abituriyentlar respublikaning harbiy bo‘lmagan boshqa OTMlariga yana bir bor hujjat topshirishga ulguradi.
Izoh (0)