Chirchiq daryosining yuqori oqimida, muhofaza qilinadigan hududida hashamatli uylar qurilishi boshlangan. Bu haqda, toshkentlik ekolog Nataliya Shulepinaga asoslanib, 12news.uz xabar bermoqda.
“Ochiq ko‘rinib turibdiki, bu yerga O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari hech qachon qadam bosmagan. Axir xususiy mulk-ku bu, kim ham ularni bu yerga kirgazardi?!”, — deya ritorik savol bilan murojaat qiladi ekolog-jurnalist.
Uning qayd etishicha, dang‘illama uylar (“qasrlar”) Toshkent aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan Chirchiq daryosining muhofaza qilinadigan hududida qurilgan va qurilishda davom etmoqda.
Shulepinaning qayd etishicha, bu joyda “qonun ‘biroz’ buzilmoqda”. “Qasr va saroylardan chiqqan suvlar qayerga ketyapti? Bu masala bilan O‘zbekiston qonunchiligi ijrosini nazorat qiladigan prokuratura shug‘ullanishi va, agar davlat qo‘mitasining bunga kuchi yetmasa, ularga ham bu masalada yordam berishi kerak”, — deb yozadi ekolog.
Ekologning alohida qayd etishicha, Chirchiq daryosining suvini Toshkentda milliondan ortiq odam ichadi, biroq uning yuqori — muhofaza qilinadigan qismidagi oqib chiqayotgan suvlar ertaknamo emas.
Izoh (0)