5-iyul kuni Ukraina armiyasi bo‘linmalari Slavyansk va Kramatorsk shaharlariga kirdi, deb xabar beradi Euronews.
“RIA Novosti” agentligi “Donetsk xalq respublikasi”ning qurollangan tarafdorlaridan iborat bir necha garnizon shaharlarda qolganini ma’lum qildi. Shanba kuni kechga borib, Slavyansk va Kramatorskda otishmalar yuz bergani qayd etildi.
Slavyansk olingani, garovdagilar ozod qilingani va ko‘plab qurollarning olib qo‘yilgani to‘g‘risidagi chiqishidan so‘ng Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bu Ukrainani birlashtirish uchun borayotgan jangning boshlanishi ekanligini aytdi. Prezident, shuningdek, qurolli kuchlarni bundan keyingi operatsiyalarni amalga oshirishda tinch aholining xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.
Ayirmachilar esa bronetexnika bilan Donetskka kirib, endi Donetsk va Gorlovka himoyasiga o‘tganliklari haqida xabar berdi.
Izoh (0)