5-iyul kuni Polsha janubidagi Chenstoxova shahri yaqinida parashyutchilarni olib ketayotgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda mahalliy qutqaruv xizmati ma’lumotlariga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
Mahalliy soat bo‘yicha 16:30 (Toshkent vaqti bilan 19:30) atrofida parashyutchilar va ekipajidan iborat samolyot aholi turar joyidan uzoqroqqa quladi va yonib ketdi.
Aviahalokat natijasida bortdagi 12 kishidan 11 nafari halok bo‘ldi, omon qolgan bir kishi shifoxonaga og‘ir ahvolda yetkazildi.
Halokat sababi aviahodisalarni o‘rganuvchi maxsus komissiya tomonidan aniqlanmoqda.
Polsha OAVlari samolyotda nafaqat professional, balki ikki kishi birgalikda uchadigan yosh parashyutchilar ham bo‘lgani ehtimoldan holi emasligini aytmoqda.
Izoh (0)