Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya uchun jahon chempionati yakunlandi. Futbolchi Belgiyaga qarshi kechgan uchrashuvda oyog‘idan jarohat olgan. Shu sababli, u mundialning qolgan ikki o‘yinida jamoadoshlariga yordam bera olmaydi, deb yozadi “Olamsport”.
Mariya birinchi bo‘limning o‘zidayoq jarohat olib, o‘z o‘rnini Enso Peresga bo‘shatib bergan edi.
Di Mariya JCh — 2014’da beshta uchrashuv o‘tkazdi. Aynan uning 1/8 finalda Shveysariya terma jamoasi darvozasiga kiritgan yagona goli Argentinani chorak finalga olib chiqqan.
Izoh (0)