Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos 3-iyul kuni chorak final bosqichidagi Kolumbiya—Braziliya uchrashuvi munosabati bilan shu kuni aholining tushdan keyin ishdan ozod etilishi haqida e’lon qildi deb xabar berdi “ITAR-TASS”.
Uchrashuv Braziliyaning Fortaleza shahridagi “Kastelao” stadionida Kolumbiya vaqti bilan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 5-iyul 01:00)da boshlanadi. Prezident farmoniga binoan ish kuni 13:00 ga qadar davom etadi.
Kolumbiyada birinchi guruh bosqichida Gretsiya ustidan 3:0 hisobi bilan qozonilgan g‘alabani nishonlayotganda 10 kishi halok bo‘lgan. Shu sababli prezident xalqqa murojaat qilib, uchrashuvni ortiqcha g‘avg‘olarsiz kuzatib borishga chaqirdi.
Manbada keltirilishicha, Xuan Manuel Santos Kolumbiya—Braziliya uchrashuvini Fortaleza shahrida tomosha qiladi.
Izoh (0)