AQShning Uinnetka shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming dollaridan iborat bo‘lgan “Chellenjer” turniri davom etmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik tennischi Farrux Do‘stov ham ishtirok etmoqda. Bu haqda “Olamsport” xabar qildi.
Dastlab avstraliyalik Tanasi Kokkinakisni ikki setda ham bir xil 7:6 hisobida taslim etgan Farrux ikkinchi davrada turnirning birinchi raketkasi Maykl Rassel bilan to‘qnash keldi. Dunyo reytingida 94-o‘rinni egallab turgan amerikalik tennischiga qarshi kechgan uchrashuvda Do‘stov osonlik bilan — 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi.
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi chorak finalda yana bir AQSh vakili Ostin Kraychek bilan hisob-kitob qiladi. Kraychek ikkinchi davrada turnirning oltinchi raqamli tennischisi, hindistonlik Somdev Devvarmandan 6:3, 6:4 hisobida ustun kelgandi.
Farrux Do‘stov chorak finalga chiqqani uchun 1460 dollar hamda 15 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.
Izoh (0)