Kolumbiyalik xonanda Shakira Braziliyada davom etayotgan futbol bo‘yicha JCh — 2014 yopilish marosimida ishtirok etadi. Ma’lum bo‘lishicha, xonanda o‘zining “La-La-La” nomli xit qo‘shig‘ini Karlos Braun bilan birga ijro etadi, deb yozadi “Kun”.
“Men hayajondaman, chunki oldimda yopilish marosimida ishtirok etish vazifasi turibdi”, — dedi Shakira.
“Tabiiy sabablarga ko‘ra men bilan futbol o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatilgan (Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Xerard Pike Shakiraning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi), shu sababli ham ushbu musobaqa ko‘plab odamlar uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini yaxshi his qilaman”, — dedi xonanda.
“Men bu yerga qaytish va yopilish marosimida kuylash imkoniyati taqdim etilgani uchun minnatdorlik bildiraman. Ishqibozlar mening qo‘shig‘imni qo‘llab-quvvatlashdi va ular uchun buni yana bir bor ijro etib berishni xohlayman”, — deya Shakiraning so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha 2014-yilgi jahon chempionati bahslarining yopilish marosimi 13-iyul, yakshanba kuni Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)