Beeline qayta qo‘ng‘iroq, SMS xabar yoki elektron xat olish maqsadida yuborilayotgan SMS — spam holatlari haqida ogohlantirdi.
Rasmdagi kabi SMS kelganida (masalan «Здравствуйте, позвоните мне срочно 0079542134317»), firibgarlarga qayta qo‘ng‘iroq qilmay, shunchaki uni moslamadan o‘chirib tashlash tavsiya qilinadi.
Firibgarlarning harakati natijasida abonent shaxsiy ma’lumotlarni yo‘qotishi, mobil moslamaga zararli dasturni yuklab olishi yoki spam sahifaga tushib qolishi mumkin.
Izoh (0)