Antonio Ferreyra ismli futbol ishqibozi jahon chempionatining nimchorak finali Argentina — Shveysariya o‘yini vaqtida yurak xurujidan vafot etdi, deya xabar beradi Stadion.uz.
Ushbu ishqiboz o‘zini yomon his qilgan vaqtda stadionda bo‘lgan va shu zahoti shifoxonaga yetkazilgan. Biroq, uning hayotini asrab qolishning iloji bo‘lmagan.
Hammasi bo‘lib Argentina — Shveysariya o‘yinidan so‘ng 124 ishqiboz shifokorlarga sog‘lig‘idan shikoyat qilib murojaat qilgan, shulardan beshtasi shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lumot uchun, 29-iyun kuni 69 yoshli futbolch muxlisi Braziliya — Chili o‘yini vaqtida stadionda vafot etgan edi.
Izoh (0)