Italiyaning Sitsiliya bo‘g‘ozidagi sohilni qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan Afrika va Yaqin Sharq davlatlaridan kelayotgan qayiq ichida migrant murdalari topildi, deb xabar berdi “RIA Novosti” Italiya OAVlarida berilgan ma’lumotga tayanib.
Shifokorlarning aytishicha, baliq ovlovchi kemaning 10 kvadrat metrli sovutgich bo‘limida kelgan muhojirlar havo yetishmagani bois halok bo‘lgan. Kemada suzib kelganlar soni jami 611 kishini tashkil etdi.
Italiyaga noqonuniy suzib kelish hollari ko‘payib bormoqda. Mamlakat janubida joylashgan migrantlarni qabul qiluvchi maxsus markazlar ham to‘lib ketdi. Bu borada Italiya hukumati Yevroittifoqqa moliyaviy ko‘mak so‘rab murojaat qildi.
Izoh (0)