Gruziyaning Lopota shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi FIDE Gran-prisining 5-bosqich bahslari yakuniga yetib bormoqda. 30-iyun, dushanba kuni musobaqaning 10-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada dunyoning 12 nafar grossmeysterlari safida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nafisa Mo‘minova ham ishtirok etmoqda. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
10-turga kelib, Nafisa Mo‘minova yana mag‘lubiyatga uchradi. Qora donalarda hindistonlik Xampi Koneru bilan munosabatiga oydinlik kiritib olgan Mo‘minova 37-yurishdan so‘ng mag‘lubiyatini tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, 9-turda gruziyalik Bela Xotenashvili bilan hisob-kitob qilgan Nafisa 63-yurishdan so‘ng turnirdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi. Bugun, 1-iyul kuni Gran-prining so‘nggi tur partiyalari o‘tkaziladi.
Izoh (0)