Evglena deb ataluvchi suv o‘tlaridan tayyorlangan yoqilg‘i asosida ishlovchi avtobuslar Yaponiyaning Fudzisava shahrida qatnay boshladi. Avtobuslar har kuni 22 bor qatnovni amalga oshirmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Yoqilg‘ini Isuzu va Euglena kompaniyalari birgalikda ishlab chiqqan bo‘lib, ular iyun oyi so‘ngida hamkorlikda ish olib borish uchun shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, 2018-yilga qadar 100 foiz suv o‘tlari asosida ishlovchi dvigatellar ishlab chiqariladi. Hozirda ushbu o‘simlikning yoqilg‘idagi hissasi bir foizni tashkil etadi.
Izoh (0)